Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasmiylar Ahmet Demirni «Chorsu» mehmonxonasi bo‘yicha investitsiya majburiyatlarini bajarmaganlikda aybladi
Turkiyalik tadbirkor Ahmet Demir «Chorsu» mehmonxonasi bo‘yicha o‘z investitsiya majburiyatlarini hamon bajarmagan. Bu haqda iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Demir Group kompaniyasi 2017 yil sentyabrida «Chorsu» mehmonxonasi binosini kamida 33 mln dollar miqdorida investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan nol xarid qiymatida sotib oldi. Biroq, G‘ulomovning so‘zlariga ko‘ra, investor «hech narsa qilmagan».
«To‘rt yulduzli mehmonxona va'da qilishgandi, katta va'dalar berilgan, 30 million xorijiy investitsiyalar aytilgan. Natijani ko‘ryapmiz. Va'dani bajarish o‘rniga, o‘zbek banklari pul bermagani, shuning uchun muddatlar kechikayotgani haqida gapirmoqda. Bu yerda o‘zbek banklarining nima aloqasi bor? Investor majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan», - dedi G‘ulomov.
Avvalroq, turkiyalik tadbirkor garchi mehmonxona bu yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lsa-da, hamon bir qator muammolarni hal qila olmayotgani haqida ma'lum qilgandi.
«Eng katta muammo - qog‘ozbozlik. Bizga qo‘shimcha yer kerak, sababi mehmonxona kamida to‘rt yulduzli bo‘lib, 350 ta xonadan iborat bo‘ladi. Xorijlik hamkorlarimiz bunday yirik inshootda namunali xizmat ko‘rsatish uchun 2 gektarlik maydon kamlik qilishini aytishgandi. Shundan so‘ng biz Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etgandik. Natijada yana 3 gektar yer qo‘shib berilishi va'da qilinib, bu haqda davlat rahbarining qarori ham chiqdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Ahmet Demir.
Turkiyalik tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, prezident qarori hanuz bajarilganicha yo‘q.
«Ish sustlashgan. Bankka ikkita kadastr hujjatini ko‘tarib borib, kredit so‘rasam, “Biznes-rejangizda ko‘rsatilgan mana bu hududning hujjati qani?” deyishadi. “Mutasaddi idoralar keyin qilib berar ekan”, deyman. Ammo ular ham chetdan kelmagan, shu yurtning fuqarolari. Yaxshi bilishadiki, “Keyin qilib beriladi”, degani ba'zan “Hech qachon qilib berilmaydi”, deganini anglatadi», - deydi u.
Mavzuga oid
10:13 / 27.01.2026
Chorsu bozoridagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
17:27 / 29.09.2025
Sobiq “Chorsu” mehmonxonasi o‘rniga 30 qavatdan baland bino tushishi mumkin. Bu bosh rejaga zid
19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
17:05 / 08.04.2025