Kubaning Pinar-del-Rio provinsiyasi uzra osmonda kuçli portlaş sodir böldi. Taxminlarga köra, bu meteorit bölgan, deb xabar bermoqda Granma mahalliy naşri. Guvohlar voqea joyidan olingan videoyozuvlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirişni boşlaşdi.

Ötkinçilarning aytişiça, osmonda katta tutunni körişgan, mahalliy aholi esa portlaş paytida uylarda kuçli tebranişni his qilganlar. Hodisa yuz bergan joydan toş qismlari topildi, ularning kelib çiqişi sababi aniqlanyapti.

Qayd etilişiça, hozirgi vaqtda asosiy taxmin - meteoritning qulaşi. «Bu aniq samolyotning portlaşi bölmagan», - deyiladi ba'zi xabarlarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kanada «sirli» kasallik tufayli Kubadagi diplomatik missiyani keskin qisqartirgandi.