Ukraina prezidentligiga nomzod Putin bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi
Shoumen va Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy g‘arblik diplomatlar bilan uchrashuvda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi «Strana.ua» o‘z manbasiga tayanib.
Nashr suhbatdoshining aytishicha, uchrashuvda Fransiya elchisi Izabel Dyumon Zelenskiy Donbass muammosini qanday hal qilmoqchi ekanligiga qiziqqan.
«Uning (Vladimir Zelenskiyning) javoblari barchani hayratga soldi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirmoqchi ekanligini aytganida, elchilar undan prezident ma'muriyatiga radikallar o‘t qo‘yib yuborishidan cho‘chish-cho‘chimasligini so‘rashdi», degan manba.
31 yanvar kuni Zelenskiy Ukrainadagi prezident poygasida yetakchilik qilayotgani xabar qilingandi. “Reyting” ijtimoiy guruhi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, uni so‘ralganlarning 19 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.
Reytingning 2-o‘rnini sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko egallamoqda, unga 18,2 foiz respondentlar ovoz berishga tayyor.
Amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni 15,1 foiz ishtirokchi qo‘llab-quvvatlagan.
Ukrainada prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22