Davlat pensiyalarini tayinlash jarayoni soddalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish fuqarolarning Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri bazasi asosida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilanishicha, fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar 2019 yil 1 yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda elektron shaklda taqdim etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi:
2019 yil 10 fevralga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda fuqarolarning Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini yuritish bo‘yicha dasturiy ta'minotga Ish haqini hisobga olish reyestrini yuritishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritadi va uni soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga joriy etadi;
fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 martdan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini joriy etadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

11:37 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti

13:31 / 29.04.2025
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi

12:49 / 31.03.2025