«Qirollik klubi» asosiy raqiblarining ochko yo‘qotishidan unumli foydalandi va «Santyago Bernabeu»da basklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
«Real» - «Alaves» - 3:0 (1:0)
Gollar: Benzema, 30 (1:0). Vinisius Junior, 80 (2:0). Dias, 90+1 (3:0).
«Real»: Kurtua, Serxio Ramos, Nacho, Odriosola, Regilon, Modrich, Kazemiro, Sebalos, Benzema (Dias, 75), Beyl (Asensio, 63), Vinisius Junior (Isko, 87).
«Alaves»: Pacheko, Laguardiya, Karlos Vigaray, Duarte, Maripan, Tomas Pina, Vakaso, Garsiya (Gvidetti, 81), Kaleri (Blanko, 81), Burgi (Rolan, 67), Xoni.
Ogohlantirishlar: Laguardiya, 32. Burgi, 54. Vakaso, 74.
Hakam: Xayme Latre.
3 fevral. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.
Noqulay taqvim
O‘tgan juma kuni o‘tkazilgan Ispaniya Kubogi qur'asi «Real»ga eng yomon ehtimolni taqdim etdi, mavsumdagi klasikolar soni 4taga yetdi. «Qaymoqranglilar»ga keyingi haftalar uchun taqvimi uchun havas qilib bo‘lmaydi: seshanba kuni Ispaniya Kubogining yarimfinalida «Barselona»ga qarshi birinchi uchrashuv, keyingi dam olish kunlarida «Atletiko» bilan derbi o‘yini, undan keyin esa YeChL boshlanadi, madridliklarni «Ayaks» kutmoqda.
Yakshanba kuni madridliklar birinchi davrada o‘zaro o‘yinda g‘alaba qozongan «Alaves»ni qabul qilishdi.
Yo‘qotishlar
Bu turda turnir jadvalida «Real»dan yuqorida turgan ikki jamoa ham ochko yo‘qotdi: «Barselona» faqat Messining individual o‘yini tufayli «Valensiya»ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini durangga olib bordi (2:2), «matraschilar» esa kutilmaganda Sevilyada «Betis»ga yutqazdi (0:1). «Qirollik klubi» bundan foydalanib qolishi shart edi.
Kartochkalar muammosi
Yakshanba kungi o‘yinni «Real»ning birdaniga uch futbolchisi - Ramos, Modrich va Nacho 4tadan sariq kartochkaga ega holda boshladi. Keyingi sariq kartochka ularning derbi oldidan diskvalifikatsiyaga uchrashiga sabab bo‘lardi. Santyago Solari bunday yo‘qotishlarni istamasdi.
Ilk daqiqalardanoq faqat hujumda o‘ynagan jamoa o‘yinni birorta kartochkasiz o‘tkazdi.



















