2019 yilning 4 fevral kuni Atom energetikasi böyiça xalqaro agentligi – AEXA (MAGATE) Toşkentda özbekistonlik mutaxassislar, “Özatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi vakillari iştirokida atom elektr stansiyasi uçun maydon tanlaşda xavfsizlik va boşqa muhim jihatlar böyiça seminar ötkazişni boşladi.

Seminardan közlangan asosiy maqsad “Özatom” agentligi va boşqa aloqador agentliklar mutaxassislari uçun AEXA xavfsizlik tartib va talablari böyiça maslahat, yöl-yöriqlar körsatişdan iborat.

Unda iştirokçilarga mahalliy mutaxassislar hozirgi paytda mamlakatimizda AES uçun maydon tanlaş işlarining holati böyiça ma'lumot beradi. 

Seminar davomida AES uçun maydon tanlaşda ekologik jihatlar, atom elektr stansiyasi uçun infratuzilmani rivojlantirişda AEXA talabining ahamiyati, AEXA xavfsizlik standartlariga muvofiq litsenziyalaş jarayoni, uşbu taşkilotning atrof-muhitga ta'sirni baholaş va atom-energetika muammolarini işlab çiqiş böyiça yondaşuviga oid masalalar atrofliça tahlil etiladi. 

Şu bilan birga, tadbirda MAGATEning AES uçun maydon tanlaş va uni baholaş bilan boğliq bölgan xavfsizlik normalari böyiça qöşimça hujjatlar ham taqdim qilinadi. 

2018 yil 7 sentyabrda Rossiya Federatsiyasi va Özbekiston Respublikasi boş vazirlari yurtimizda Rossiya loyihasi asosida atom elektr stansiyasini quriş böyiça hukumatlararo bitimni imzolagan. Loyihada VVER-1200 turdagi reaktorli  2 ta energobloklar qurilişi közda tutilgan. Prezidentning 2018 yil 13 oktyabrda qabul qilingan PQ-3969 sonli qaroriga muvofiq, imzolangan bitim kuçga kirdi. Mamlakatda AES birinçi energoblokini 2028 yilning oxirigaça işga tuşiriş möljallangan.

Özbekiston delegatsiyasi Atom energetikasi xalqaro agentligi boş direktori bilan uçraşdi