O‘zbekiston delegatsiyasi Atom energetikasi xalqaro agentligi bosh direktori bilan uchrashdi
Fanlar Akademiyasi (FA) prezidenti Behzod Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 31 yanvar kuni Venada Atom energetikasi xalqaro agentligi (AEXA) bosh direktori Yukiya Amano bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazdi. “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati bu haqida Kun.uz’ga xabar berdi.
Behzod Yo‘ldoshev O‘zbekistonning tinch atomdan foydalanish, eng avvalo atom energetikasi, shuningdek tibbiyot va qator boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlar bosqichlari haqida so‘zladi.
O‘tgan yilning oktyabrida O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi loyihasiga start berilgan vaqtdan e'tiboran “O‘zatom” agentligi tomonidan bu yo‘nalishda bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Yadroviy xavfsizlikni ta'minlash va boshqa yo‘nalishlardagi ishlarning bari AEXA talab va tavsiyalariga muvofiq keladi.
AEXA bosh direktori radiatsion va yadroviy xavfsizlikni ta'minlash va oshirishga doir hamkorlikdagi faoliyat, shuningdek texnik hamkorlik doirasidagi loyihalarni amalga oshirishdagi samaradorlikdan qoniqish hosil qilganini bayon qildi. O‘zbekistonda AES qurilishi mamlakatda ta'lim tizimining takomillashuvi, yadroviy-muhandislik fanlari, qurilish sanoati va energetika tizimining rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.
Yukiya Amano AEXAning O‘zbekistonga kelgusida ham texnik va ekspertlik ko‘magini ko‘rsatish, jumladan AES qurilishi jarayonida ham yordamga tayyor ekanini ta'kidladi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, agentlik bosh direktoriga O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelish taklifi bitilgan xat topshirildi.
Ta'kidlash joizki, bir necha kundan keyin Toshkent shahrida AEXA ekspertlari ishtirokidagi navbatdagi seminar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. "Barselona" 116-daqiqada "Real"ga gol urib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Sport | 03:45
-
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:15 / 26.04.2025
-
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:57 / 26.04.2025
-
Dafn marosimi va urush
Jahon | 21:30 / 26.04.2025
Mavzuga oid

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

17:06 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

19:01 / 05.04.2025