​2018 yil 28 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi rasmiy saytida advokatlar faoliyatiga tazyiq ötkaziş va qonunbuzilişi holatlari yuzasidan ötkazilgan anonim sörovnoma natijalari e'lon qilingandi. Uşbu sörovnoma natijalari böyiça Boş prokuratura öz munosabatini bildirdi. Endilikda Oliy sud vakillari advokatlarning fikriga munosabat bildiryapti. 

Sörovnomada kasbiy faoliyati davomida advokatlarning huquqlari suriştiruv, tergov organlari hamda sudlar tomonidan muntazam buzilayotgani haqida tahliliy ma'lumotlar bayon qilingan.
«Qayd etilişiça, sörovnomada 3 ming 553 nafar, ya'ni respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlarning 91 foizi iştirok etgan. Ajablanarli jihati, xabarda davlatimizda advokatlarning maqomi va protsessual vakolatlarini kengaytiriş, ularning daxlsizligini işonçli ta'minlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida anonim sörovnoma natijasida e'lon qilingan raqamlar jiddiy şubha uyğotişi tabiiy.

Jumladan, ma'lumotlardagi sudlar professional faoliyat bilan şuğullaniş uçun sud binosiga kompyuter, mobil telefon va boşqa kommunikatsiya uskunalarini olib kirişda advokatlarga asossiz tösqinlik qilişayotgani haqidagi vajlar bilan kelişib bölmaydi»​, —​ deyiladi Oliy sud munosabatida.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi ÖRQ-476-sonli Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksning 19-moddasiga kiritilgan özgartirişlarga köra, qonun talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körilişi talab etiladigan işlardan taşqari, barça jinoyat işlari sudlarda oşkora köriladi va sudning taşabbusi yoki protsess iştirokçilarining iltimosnomasiga köra, audio va videoyozuvdan foydalanişi hamda sud majlislari videokonferensaloqa rejimida ötkazilişi mumkin.

«Bunga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 15 mart kuni 2981 raqami bilan röyxatga olingan, Oliy sud va Içki işlar vazirligining qöşma qarori bilan tasdiqlangan “Sudlar, sud protsesslari va ular iştirokçilarining xavfsizligini ta'minlaş tartibi töğrisidagi yöriqnoma”ga qöşimça kiritilib, advokat öz professional faoliyatini amalga oşiriş uçun, Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat'iy rioya etgan va sud jarayonini ötkaziş tartibini buzmagan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boşqa aloqa vositalarini mone'liksiz olib kiriş huquqiga ega ekani belgilab qöyilgan va uşbu qaror barça sudlarga sözsiz rioya etiş uçun yuborilgan», — deyiladi axborotda​.

Oliy sud bugungi kunga qadar qonunning uşbu talablari buzilayotgani xususida Oliy sud yoki sudyalar Oliy malaka hay'atiga murojaatlar kelib tuşmagani bildirdi.