Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda yirik yong‘in ro‘y berdi: Qurbonlar bor
5 fevral kuni tongida Parij shahrining turistik hududida yong‘in chiqdi.
Guardian nashri xabariga ko‘ra, 16-okrugdagi 8 qavatli turarjoyning yuqori qavatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 nafarni tashkil qilmoqda. Yana 28 kishi jarohatlangan.
Yong‘inni o‘chirish ishlariga 200 nafardan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan, ular hududda ishni davom ettirishmoqda. Qo‘shni binolardagi aholi evakuatsiya qilingan.

Les premières photos de l'incendie rue Erlanger à #Paris sont impressionnantes. On voit que plusieurs étages ont été ravagés par les flammes.
— Hugo Puffeney (@puffeney) 5 fevralya 2019 g.
Photos B. Moser / BSPP pic.twitter.com/rGb30Q0sUi
Associated Press agentligi Parij o‘t o‘chirish xizmatidagi manbaga asoslanib xabar qilishicha, yong‘in vaqtida odamlar tomga chiqishgan, ayrimlar o‘zini derazadan tashlab qutulmoqchi bo‘lgan, bu esa qurbonlar sonini oshirgan.

Hozircha yong‘in sabablari ma'lum emas.
Ushbu turarjoy Bulon o‘rmoni yaqinida, Rolan Garros stadioniga taxminan bir kilometr masofada joylashgan. 16-okrug sayyohlar orasida mashhurdir. Eyfel minorasi ko‘rinib turadigan Trokadero maydoni hamda Park de Prens stadioni ham shu hududda joylashgan.
Mavzuga oid
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
17:16 / 01.07.2026