Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik general: O‘zbekiston AQShdan xarid qilmoqchi bo‘lgan tizimlar va uskunalar ro‘yxatini taqdim etdi
Foto: AP
Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyadan harbiy xaridlarni to‘xtatishi va AQSh bilan shartnomalarga e'tibor qaratishiga erishmoqchi. Bu haqda seshanba kuni AQSh Kongressi Senatining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasidagi eshituvlarda AQSh QK Markaziy qo‘mondonligi (SeNTKOM) boshlig‘i general Jozef Votel yozma kirish so‘zida ma'lum qildi.
«Biz Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirishga harakat qilmoqdamiz, ammo Amerika tizimlariga bo‘lgan yuqori narxlar bundan keyin ham Qozog‘iston kabi mamlakatlar uchun muammo tug‘diradi», - dedi u.
«O‘zbekiston o‘z harbiy xaridlarini diversifikatsiya qilishdan manfaatdorligini bildirdi va xarid qilmoqchi bo‘lgan Amerika tizimlari hamda uskunalari ro‘yxatini taqdim etdi. Bunday manfaatdorlik O‘zbekistonni Rossiyadan harbiy xaridlarni amalga oshirishdan uzoqlashtirish va munosabatlarimizni chuqurlashtirish uchun noyob imkoniyatdir», - dedi Votel.
«Biz Tojikiston bilan harbiy sohadagi munosabatlarni mustahkamlashni davom ettirmoqdamiz, bu Moskva o‘z ta'sirini kuchaytirayotgani hamda mamlakat poytaxti yaqinidagi bazada harbiy ishtirokini kengaytirayotganiga qaramay yuz bermoqda», - deya ma'lum qilgan general.
Mavzuga oid
11:22
Zelenskiy: AQSh va Rossiya urushni to‘xtatish uchun bir xil talab qo‘ymoqda
20:59 / 21.02.2026
Tramp AQSh Oliy sudida yutqazdi. Endi uning agressiv bojlari bekor qilinadimi?
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
16:18 / 21.02.2026