Buyuk Britaniyada hukumat a'zolari mamlakatni Yevroittifoq (YeI) tarkibidan chiqishi muddatini kechiktirish masalasini maxfiy tarzda muhokama qilishdi. Bu haqda The Daily Telegraph yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, vazirlar mahkamasi chiqib ketish jarayonini 24 maygacha kechiktirishni rejalashtirmoqda. Britaniya tomoni bu qadamni Yevropa davlatlari bilan muhokama qilishni mo‘ljallagan. Agar ular kechiktirishni qo‘llab-quvvatlashsa, unda yana sakkiz hafta davomida Britaniya YeI a'zosi bo‘lib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Mey «qattiq» Brexit’ga bormasligi haqida xabar bergandi.