Özbekistonda ta'lim yönalişi özgarib bormoqda, islohotlar ham juda köp. Endilikda ta'lim sohasida qanday özgarişlar kutilmoqda? Öquvçilar maktabni bitirgandan söng kasb-hunar kollejiga bora oladimi va öz karerasini qura oladimi?
Kasb-hunar ta'limi faoliyati islohotlarida e'tiborimizni tortgan ilk narsa — kollejga endi faqatgina ongini özgartirişga qodir insonlargina keladi va ta'lim oladi.

Ta'lim sohasiga aloqador savollar böyiça Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri birinçi örinbosari, kasb-hunar ta'limi markazi direktori Xolmuhammedov Murodilla Mahmudoviçga yuzlandik.
— Kasb-hunar ta'limi özi aslida nima? Biz uni qanday tuşunişimiz kerak?
— Ilgari kasb-hunar ta'limi deganda oddiy duradgorlikni örgatiş kabilar köz oldimizga kelardi. Kasb-hunar ta'limi deganda uning mohiyatini oçib beriş qiyin, professional ta'lim deganda esa haqiqiy professionallarni tarbiyalovçi, oddiydan murakkabga qarab şakllantiruvçi tizimni tuşuniş mumkin böladi.

Ta'limning birinçi buyurtmaçisi kim? Albatta, iqtisodiyot. Iqtisodiyotning har bir loyihasini amalga oşiriş uçun asosiy uçta resurs lozim böladi: moliyaviy, moddiy va kadr resurslari. Prezidentimiz boşlab bergan islohotdan keyin ta'limning yangi konsepsiyasi şakllantirila boşlandi.
Miyada 6 mlrd neyron bor va u 5 yoşga qadar şakllanadi. Şuning uçun ham 5 yoşda individda ilk dunyoqaraş şakllanadi, 12 yoşda esa şaxs şakllanadi. Bunga qarama-qarşi ölaroq, maktabgaça ta'lim bizda e'tibordan çetda qolib ketgan. Undan keyingi mehnat umumiy örta ta'lim har qança pişiq bölganda ham poydevor sust bölganligi uçun közlangan natijaga erişib bölmagan. Individning 2-3 yoşida qilinadigan investitsiya keyin qilinadigan investitsiyadan 10 çandon samaraliroq natija beradi. Şuni tuşunib yetgan holda, maktabgaça va maktab ta'limi borasida kuçli islohotlar amalga oşirilmoqda. Bundan keyingi bosqiç esa professional ta'lim.
Video: Tas-IX
Video: Youtube




















