Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov feysbukdagi sahifasida Özbekistonda jurnalistlar uçun joriy etiladigan milliy guvohnoma qanday körinişda bölişi haqida ma'lumot berdi.

«2019 yil 1 iyunga qadar Özbekiston Respublikasi jurnalistining umume'tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etiş böyiça me'yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş rejalanmoqda. Unga köra, uşbu guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID-karta körinişida bölib, unda guvohnoma egasi haqida ma'lumot, fotosurat, himoyalangan şaxsiy ştrix-kod mavjud böladi.

Milliy guvohnoma Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan jurnalistlarga bepul taqdim etiladi. Guvohnoma jurnalistning haqiqatan professional kasb egasi ekanligini tasdiqlovçi hujjat hisoblanadi.

Mazkur guvohnoma jurnalistlarga kasbi yuzasidan vazirliklar va boşqa davlat idoralariga, jamoatçilik va madaniy joylarga (körgazma, teatr, kinoteatr, muzey, konsert, köngiloçar va dam oliş hududlari, sport musobaqalari va boşqa ommaviy tadbirlar) tösiqlarsiz kiriş, axborot oliş, materiallarni tayyorlaş va tarqatişda hamkorlik qiliş, şuningdek, vazirliklar va boşqa xalqaro taşkilotlar hamda idoralarning içki tadbirlarida iştirok etiş imkonini beradi», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, prezidentning 2 fevraldagi qarori bilan 2019-2020 yillarda Özbekistonda axborot sohasini rivojlantiriş böyiça dastur tasdiqlandi.

Unga köra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2019 yilning iyuniga qadar jurnalist maqomini oşiriş, media jamiyatda özini özi boşqariş mexanizmlarini şakllantiriş hamda jurnalistning umume'tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqişi belgilangan.