Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining Şahrisabz filialini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Qaşqadaryo viloyati hokimligining Şahrisabz şahrida Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining Şahrisabz filialini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Belgilanişiça, Filial Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan tarkibiy bölinmasi hisoblanib, Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ğaznaçiligida zarur şaxsiy hisobvaraqlariga ega böladi.
Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
ta'lim muassasalari uçun yuqori malakali pedagog kadrlarni umume'tirof etilgan xalqaro talablar darajasida sifatli tayyorlaşni ta'minlaş;
pedagogik ta'lim sohasini rivojlantirişning ilmiy-metodik vazifalarini hal etiş, ilğor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilişga yönaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib boriş va iqtidorli talaba-yoşlarni ilmiy faoliyat bilan şuğullanişga keng jalb etiş;
yurtimizning pedagogika fani böyiça qadimdan rivojlanib kelgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalarining tajribasi va Qaşqadaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarining talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegişli ta'lim yönalişlari hamda mutaxassisliklari böyiça öquv-uslubiy adabiyotlarni yaratiş;
öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, ta'lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etiş maqsadida pedagogika sohasidagi respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş;
respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yoş bitiruvçilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuboriş orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş.
Filialda öquv jarayoni 2019/2020 öquv yilidan boşlanadi. Filialga talabalarni qabul qiliş soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş kvotalaridan kelib çiqqan holda belgilanadi.

















