AQŞ prezidenti Donald Tramp kongress Meksika bilan çegarada devor qurilişiga mablağ ajratmasa, u yerda odamlardan devor barpo etişga tayyorligini aytdi.
“Biz çegaraga qöşimça qöşinlar jönatdik. Zaruriyat bölsa tirik odamlardan devor quramiz”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Trampning aytişiça, devor qurilişi keskin çoralarga bormaslikka imkon beradi.
Avvalroq Tramp demokratlar bilan devor qurilişi böyiça kelişib olişga urinişlarni “vaqtni behuda ketkaziş” deb atagandi. OAV taxminiga köra, Tramp 2 haftadan keyin mamlakatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qilişi mumkin, bu esa unga devor qurilişiga pullarni kongressni çetlab ötgan holda oliş imkonini beradi.

















