Qozoğistonlik qutqaruvçilar «Astana-Petropavlovsk» avtomobil yölining 167 kilometrida buzilib qolgan yölovçi avtobusdan 40 nafar özbekistonlik va ikki nafar qozoğistonlikni qutqarib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar böyiça qömitasi ma'lumot bergan.
Avtobus «Sariağaş-Yekaterinburg» yönalişi böylab harakatlanayotgan bölgan.
Avtobus yölovçilari Kogam qişloğidagi örta maktabga isiniş uçun olib kelib joylaştirilgan.
Qayd etilişiça, qutqarilganlarning heç biriga tibbiy yordam körsatiş zarurati tuğilmagan. Tan jarohati olganlar va qurbonlar yöq.

Bir neça kundan buyon Qozoğistonning şimoliy hududlarida kuçli sovuq kuzatilmoqda. Şu tufayli, respublika ahamiyatiga ega «Astana-Petropavlovsk» avtomobil yöli barça turdagi avtomobil vositalari uçun yopib qöyilgan. Qozoğiston aholisiga bu yönaliş böyiça safarlarni keçiktiriş tavsiya etilgan.
Eslatib ötamiz, yanvar oyi oxirida ham Özbekiston va Tojikiston fuqarolari bölgan 54 kişini Turkiston viloyatidan Yekaterinburgga olib ötayotgan transport vositasi texnik nosozlik sababli juda sovuq ob-havo hukmronlik qilayotgan Petropavlovsk çegarasida töxtab qolgan, patrul politsiyasi bu avtobus yölovçilarini muzlab qolişdan qutqarişgandi.

















