Jahon | 18:34 / 08.02.2019
15509
2 daqiqa o‘qiladi

Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘istonda yangi vazirlik tashkil etishni taklif qildi

Foto: Anatoliy Ustinenko

Qozog‘iston parlamenti senatining xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyeva hukumat soati davomida Qozog‘istonda Savdo vazirligi tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda Bnews xabar bermoqda.

«Savdo sohasida katta muammolar mavjud, tartibga solish va ma'muriyatchilik bilan bog‘liq masalalar. Masalan, 2018 yilning 1-choragida mamlakat YaIMda transport va logistika 8,2%ga teng bo‘ldi hamda biz Transport va infratuzilma vazirligini tashkil etmoqdamiz. 2018 yilning 1-choragida YaIMda ulgurji va chakana savdo hajmi qariyb 15 foizni tashkil etdi. Savdo vazirligi esa hali ham mavjud emas», - dedi Darig‘a Nazarboyeva.

Uning ta'kidlashicha, Qozog‘iston bugungi kunda - butun Yevrosiyo qit'asidagi eng yirik tranzit, transport va logistika xabidir.

«Bugungi kunda savdo Milliy iqtisodiyot vazirligida, savdo departamenti u bilan shug‘ullanmoqda. Yaqinda ular bilan qonun loyihasini muhokama qilish doirasida suhbatlashdik, ularning ta'kidlashicha, ham ichki savdoga, ham tashqi savdoga ta'sir o‘tkazish vositasi yo‘q. Nega savdo mamlakat YaIMda juda katta ulushga ega bo‘lgan soha sifatida bugungi kunda o‘z vazirligiga ega emas?» - deya ta'kidlab o‘tdi Darig‘a Nazarboyeva.

Mavzuga oid