Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Qozoğistonga safar qilişda qöşni mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati keskin tuşib ketganini hisobga olişga çaqirdi.
«Qozoğistonning ayrim mintaqalarida havo haroratining keskin sovuşi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Özbekiston fuqarolarining e'tiborini mazkur mamlakatga kirganlarida, asosan uning şimoliy hududlarida harakatlaniş uçun transport vositasini tanlayotganlarida hamda avtobus yoki boşqa avtomobil transporti turlarida Rossiyaga ötayotganlarida duç kelinadigan xavflarni hisobga olişlari zarurligiga qaratadi», — deya ta'kidlangan TIV xabarida.
Özbekiston elçixonasining Qozoğistondagi Konsullik bölimi ma'lumotiga köra, kuçli sovuq sababli respublika ahamiyatidagi «Astana—Petropavlovsk» trassasi avtotransport vositalari uçun yopilgan, mahalliy aholiga esa safarlarga çiqmaslik tavsiya qilingan.
Eslatib ötamiz, ötgan haftalarda ikki marta Özbekiston fuqarolari bölgan yölovçi avtobuslari yöllarda töxtab qolişi kuzatildi.
Kazgidromet saytidagi ma'lumotlarga köra, 8 fevral kuni Qozoğiston şimolida havo harorati keçasi 40 darajagaça sovişi, kunduzi qor böroni bölişi kutilmoqda. Janubi-şarqiy şamol 15−20 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 25 m/s ga qadar kuçayadi.
Şarqiy, şimoliy va markaziy Qozoğistonda havo harorati keçki vaqtlarda 45 daraja sovuq, janubda esa 30 daraja sovuq bölişi prognoz qilingan. Hududlarda qor böroni, tuman va muzlaş röy berişi mumkin.
Qayd etilişiça, bu yil qiş sönggi yetti yilda içida eng sovuği bölmoqda.


















