Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi transport vaziriga Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi markaziy apparati va hududiy bölinmalari, şuningdek, Vazirlik huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi tuzilmasiga zarur hollarda boşqaruv xodimlarining belgilangan çeklangan umumiy soni doirasida özgartirişlar kiritiş, davlat organlari va boşqa taşkilotlar, yetakçi loyiha institutlari, ilmiy va ta'lim muassasalari yuqori malakali mutaxassislarini, şuningdek, xalqaro taşkilotlar, xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni konsultantlar sifatida jalb etiş hamda malakali xorijiy mutaxassislarni işga qabul qiliş va ularga iş haqi miqdori hamda boşqa tölovlarni çet el valutasida belgilaş huquqi berilgan.
Özbekiston Respublikasi transport vaziri Özbekiston Respublikasining Boş vaziri taqdimiga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanişi va lavozimdan ozod etilişi, Özbekiston Respublikasi transport vaziri örinbosarlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanişi va lavozimdan ozod etilişi belgilangan.
Vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi hamda Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi boşliqlari Özbekiston Respublikasi transport vaziri taqdimiga köra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirlik huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisining, Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining, Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi hamda Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi boşliqlarining örinbosarlari ularning rahbarlari taqdimiga köra Özbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi transport vaziri va uning örinbosari – Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi tomonidan Özbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelişilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Viloyatlar va Toşkent şahar transport boşqarmalari boşliqlari va ularning örinbosarlari – viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari tomonidan Özbekiston Respublikasi transport vaziri bilan kelişilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirlik va uning hududiy bölinmalari ştat birliklarini şakllantiriş Özbekiston avtomobil transporti agentligi ştat birliklari, Vazirlik huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi, şuningdek, Vazirlikka ötkazilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, ta'lim muassasalari va boşqa taşkilotlarning vakolatlari va ştat birligini optimallaştiriş hisobidan amalga oşiriladi.











