Bugun, 10 fevral kuni Qozoğistonning Aqtöbe oblasti hududida, «Samara-Çimkent» avtoyölining 668-kilometrida Setra rusumli yölovçi avtobus buzilib qoldi.
Zakon.kz naşri ma'lumotiga köra, Favqulodda holatlar departamentining tezkor qutqaruv otryadi voqea joyiga yetib kelgan va avtobusdagi 52 nafar kişini evakuatsiya qilib, ularni Saritöqay posyolkasidagi «Jolserik» lageriga joylaştirgan. Qutqarilganlarning 51 nafari Özbekiston fuqarolaridir.
Qayd etilişiça, evakuatsiya qilinganlarga tibbiy yordam körsatişga zarurat bölmagan.

Eslatib ötamiz, ötgan haftalarda ikki marta Özbekiston fuqarolari bölgan yölovçi avtobuslari yöllarda töxtab qolişi kuzatildi.
Kazgidromet saytidagi ma'lumotlarga köra, 8 fevral kuni Qozoğiston şimolida havo harorati keçasi 40 darajagaça sovişi, kunduzi qor böroni bölişi kutilmoqda. Janubi-şarqiy şamol 15−20 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 25 m/s ga qadar kuçayadi.
Şarqiy, şimoliy va markaziy Qozoğistonda havo harorati keçki vaqtlarda 45 daraja sovuq, janubda esa 30 daraja sovuq bölişi prognoz qilingan. Hududlarda qor böroni, tuman va muzlaş röy berişi mumkin.
Qayd etilişiça, bu yil qiş sönggi yetti yilda içida eng sovuği bölmoqda.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Qozoğistonga safar qilişda qöşni mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati keskin tuşib ketganini hisobga olişga çaqirgan.
















