«Atletiko» klubining rasmiy tvitterida Ispaniya çempionatining 23-turida «Real»ga qarşi öyindagi (1:3) bahsli vaziyatlardan skrinşotlar keltirildi.

Klub akkauntidagi stop-kadrlarga öyçan smaylik ilova qilingan.

«Atletiko» e'tiborni 3ta epizodga qaratgan.

Ikkinçi bölim boşida «Real» yarimhimoyaçisi Kazemiro «Atletiko» hujumçisi Alvaro Morataga oyoq qöygan, ammo arbitr Xaver Estrada Fernandes qoida buzilişini qayd etmagan.

Birinçi bölim oxirida esa referi Xose Ximenesning Vinisius Juniorga qöpolligi uçun penalti belgilagan, bu vaziyatda hakam qöpollik jarima maydoni taşqarisida yoki içkarisida bölganini aniqlaş uçun videotakrorga (VAR) murojaat qilgan, lekin yakunda qarorini özgartirmagan.

«Atletiko» şuningdek, 55-daqiqada Morataning goli ofsayd tufayli bekor qilinganini ham eslatib ötgan. Bu vaziyatda Alvaro Morata gol urgan vaziyatda hakam ofsayd qayd etdi. Tasvirlardan körinib turibdiki, «Real»ning sobiq hujumçisi töp uzatilişi vaqtida sobiq jamoadoşlari bilan bitta çiziqda turgan.

«Real» «Atletiko»ni qariyb ikki yildan buyon ilk marta mağlub etdi. 2017 yil mayidan keyin jamoalar barça turnirlar doirasida jami 5 marta töqnaşgan: uç marta durang qayd etilgan, bir marta Simeone jamoasi asosiy vaqtda ğalaba qozongan, yana bir marta (Yevropa Superkubogi öyinida) – qöşimça vaqtda ğalaba qozonilgan. «Atletiko» «Real»ga oxirgi marta 2016 yilning noyabrida öz uyida yutqazgandi (0:3). 

«Atletiko» qatorasiga ikki öyinda mağlub böldi, jamoa oxirgi marta bunday holatga 2016 yilning noyabrida tuşgandi.

«Real» çempionatda qatorasiga beşinçi öyinda ğalaba qozondi (töplar nisbati – 14:4). Jamoa oxirgi marta bunday seriyani 2016/17 yilgi mavsumda (qatorasiga 6 ğalaba, plyus yangi çempionatning ilk turidagi ğalaba).

Solari jamoasi endi La Ligada ikkinçi örinni mustahkamladi. «Barselona» bilan oradagi farq 5 oçkoga qisqargan. 3 mart kuni Madridda Klasiko öyini bölib ötadi.