​Qoraqalpoğiston Adliya vazirligi öqituvçilarning oylik iş haqidan uşlab qoliş taşabbusi Amudaryo tuman hokimligi tomonidan​ bildirilganini aniqladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Aniqlanişiça, Amudaryo tuman hokimligi tomonidan tumandagi budjet taşkilotlari işçi xodimlarining tabiiy gaz, elektr energiyasi, içimlik suvi hamda maişiy çiqindi tölovlari böyiça 2019 yil fevral oyi uçun reja tasdiqlangan. Ammo vazirlik tekşiruvi natijasida tasdiqlangan reja nimaga asoslangani haqida ma'lumot yöq. 

«Xalq ta'limi bölimiga kommunal tölovlar uçun 600 mln. sömlik majburiy reja belgilab berilgan. Şu sababli, tuman xalq ta'limi bölimi tomonidan tumandagi 82 ta umumta'lim maktabida işlovçi 3 288 ta xodimlarning iş haqidan jami 440 mln. sömlik pul mablağlari uşlab qolingan», — deyiladi Adliya vazirligi axborotida. ​

Ma'lum qilinişiça, Xalq ta'limi bölimi tomonidan maktablar xodimlarining iş haqlaridan kommunal tölovlar uçun uşlab qolişda «Taşkilotlar va muassasalar tomonidan öz xodimlaridan kommunal xizmatlar uçun haqni iş haqidan uşlab qoliş körinişida qabul qiliş tartibi töğrisida»gi nizom talablariga rioya qilinmagan.

Nizomga köra, taşkilotlar kommunal xizmatlar uçun iş haqidan uşlanmalarni xodimlarning yozma roziligi bilan uşlab qolişi şart.

«Biroq, kommunal tölov uçun oylik iş haqi uşlab qolingan 783 ta xodimdan rozilik ariza olinmagan va jami 118 mln. söm mablağ kommunal xizmat körsatuvçi korxonalar hisob varağiga ötkazib berilgan. Şuningdek, Nizomning 3-bandida kommunal xizmatlar uçun iş haqidan uşlanma töğrisidagi arizada xodim öz şaxsiy hisobvaraği, kommunal xizmatlar qiymati va turi, kommunal taşkilot rekvizitlari va uşlanma amalga oşirilişi zarur bölgan davrni körsatişi kerakligi belgilangan.

Lekin, kommunal tölov uçun uşlab qolingan 2 016 ta xodimdan olingan arizalarda şaxsiy hisob raqami, tölanayotgan davr, kommunal xizmatlar qiymati va turi körsatilmasdan jami 256 mln. söm mablağ uşlab qolingan», — deyiladi vazirlik tekşiruvi natijasida​.

Ma'lumot uçun, 489 ta xodimning (65 mln. sömlik) pul mablağini uşlab qolişdagina Nizom talablariga rioya qilingan.

Örganiş natijasi böyiça aniqlangan qonunbuziliş holatlarini bartaraf etilgani ma'lum qilinsa-da, öqituvçilarning maoşidan uşlab qolingan pullar egasiga qaytarilgani haqida ma'lumot yöq. 

Eslatib ötamiz, hokimlik tasdiqlagan rejani bajariş böyiça tuman Majburiy ijro byurosi Xalq ta'limi bölimiga xat yöllab, ma'lumotlarni taqdim etişini söragandi. Byuro harakatlari böyiça tekşiruv ötkazilgani haligaça OAVga noma'lum.