Qayd etilishicha, o‘rta maktab o‘quvchisi, 14 yoshli F.T. 3-qavatda joylashgan uyining deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab pastga tushib ketgan. 

Natijada F.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.