Gruziya Yevropa investitsiya bankining (EIB) 100 mln yevrolik kreditidan voz keçişiga töğri keldi. Bu haqda Gruziya parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, 2016 yilda Gruziyada qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, qayta işlaş va sotiş loyihasi böyiça moliyaviy kelişuv imzolangan va EIB loyihani amalga oşiriş uçun 100 mln yevro kredit ajratgan. 

"Qişloq xöjalik vazirligining sa'y-harakatlariga qaramasdan, Gruziya tijorat banklari valuta xavfi majburiyatlarini öz zimmalariga olmadi. Natijada yevrodagi kredit foizi fermerlar uçun baland - yillik 8-9%ni taşkil etdi. Şuning uçun hukumat ajratilgan kreditdan voz keçişga qaror qildi", - dedi moliya vaziri örinbosari Georgiy Kakauridze.

Moliya vazirining ma'lum qilişiça, 2018 yilda Gruziya va EIB örtasida mazkur kreditni bekor qiliş töğrisida kelişuv imzolangan.  

Hozirgaça EIB Gruziyada umumiy qiymati 1,5 mlrd yevrolik 21 loyihani amalga oşirdi.