Indoneziya politsiyasi IŞIDga aloqadorlikda va uning mamlakatdagi bölinmalarini moliyalaştirişda gumonlangan şaxsni qölga oldi. "Sinxua" agentligining xabar berişiça, u Jakarta aeroportida Suriyaga uçib ketişga uringan çoğida hibsga olingan.

Mahalliy hukumatning ma'lum qilişiça, hibsga olingan şaxs Indoneziya hududida bir neçta terrorçilik hujumlari uyuştirişga aloqador. U şuningdek, yangi zöravonlik harakatlarini tayyorlaş maqsadida IŞIDning “uyqudagi bölinmalari”ni moliyalaştirgan. Politsiyai ma'lumotlariga köra, u IŞID safiga qöşilguniga qadar “Jamoa Islomiya” ekstremistik guruhi tarkibida bölgan.

2018 yil mayida Indoneziya parlamenti ekstremistik guruhlarga qarşi kuraşni kuçaytiriş böyiça qonun qabul qilgan. Bungaça mamlakatning turli qismlaridagi xristianlar ibodatxonalarida qator portlaşlar sodir etilgan, oqibatda 30 kişi halok bölgandi.