Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanida yangi baland binolar qad rostlaydigan, uzunligi 6,5 kilometrlik xiyobon paydo böladi.
Mirzo-Ulugbek Business City nomli uşbu loyiha 11 fevralda ehtimoliy sarmoyaçilarga taqdim qilindi.

Loyiha Amir Temur xiyobonidan boşlab Hamid Olimjon maydoni, “Buyuk Ipak yöli” metro stansiyasi orqali Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialigaça quriliş işlari olib borilişini közda tutgan.
Bu yönaliş böylab zamonaviy biznes-ofislar, mehmonxonalar, savdo-köngiloçar markazlari va piyodalar hududlari barpo etiladi.
Loyiha rahbariyatida ta'kidlanişiça, bu obektlarning barçasi “bir arxitekturaviy ğoya bilan birlaştirilib, zamonaviy texnologik yeçimlar bilan töldiriladi va özbek milliy hunarmandçiligi an'analari bilan uyğunlikda yaratiladi”.

Toşkent hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, sarmoyaçilar loyiha lotlari böyiça auksionda 10 kun içida iştirok etişlari mumkin. Loyihaning umumiy maydoni 29 gektarni taşkil qiladi.
















