Bugun, 11 fevral kuni «Business city» loyihalarining taqdimoti ötkazildi. Uşbu tadbir imkon qadar köp investorlar va Özbekiston iqtisodiyotiga töğridan-töğri investitsiyalarni jalb etiş maqsadida taşkil etildi.

Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Özbekistonda qurilayotgan yangi biznes şaharlar va inşootlarga xorijiy investorlarni jalb etiş eng avvalo töğri va örinli «piar»ga boğliqligi haqida gapirdi.

«Mamlakatning iqtisodiyoti rivojlanişiga, şaharning gullab-yaşnaşiga hissa qöşişni istagan jurnalistlar loyihalarni qay tariqa piar qilişi juda muhim», deydi şahar hokimi.

Taqdimotda ma'lum qilinişiça, «Mirzo Ulugbek Business City» loyihasi Amir Temur maydonidan Mustaqillik va Mirzo Uluğbek köçalari böylab 6,5 km masofada amalga oşiriladi. «Yunusobad Business City» loyihasi esa Yangi Şahar va Çinobod köçalari kesişmasida joylaşgan.

Barça aholi va biznes vakillarining köçmas mulk obektlari quriliş maydoniga tuşib qolsa, tegişli ravişda pul mablağlari körinişida yoki şaharning boşqa bir tumanida şunga öxşaş mulk körinişida kompensatsiya bilan ta'minlanadi. 

«Ayrim xonadonlarning yaşaş şaroiti juda oğir. Özingiz bugun taqdimotda guvoh bölganingizdek, ba'zilarining holati hattoki oddiy gigiyena talablariga javob bermaydi. Xonadon egalari köçib ötişga tayyor. Biz ularga yangi va zamonaviy uylarda yaşaş imkonini beramiz. Istasalar, Sergeli tumanidagi tayyor qurilgan yangi turar-joylarga yoki şu mahallalarda quriladigan villa körinişdagi xonadonga köçib ötişadi. Bir xonadonda qança oila bölişidan qat'i nazar, bir uyga bitta villa beriladi. Ön kun davomida, kimoşdi savdosi ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Istagan investorlar mazkur auksionda iştirok etişi mumkin», deya Jahongir Ortiqxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Mazkur loyihalar doirasida zamonaviy «aqlli» uskunalar bilan jihozlangan mehmonxonalar, köp qavatli turar-joy binolari, çakana savdo dökonlari, köp tarmoqli majmualar, idoralar, ijtimoiy infratuzilma obektlari, köp qavatli avtomobillar uçun töxtaş joylari va qulay yölovçilar ötiş yölaklari qurilişi közda tutilgan.