Mudofaa vazirligi toğ tayyorgarligi öquv-maşqlar markazi hamda Toşkent harbiy okrugiga qaraşli harbiy qismda 3 kun davomida “Özbekiston Qurolli Kuçlarida toğ tayyorgarligi tizimini yanada takomillaştirişning istiqbolli yönalişlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman ötkazildi.
Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati ofitserlari, harbiy okruglar qömondonlarining örinbosarlari, oliy harbiy ta'lim muassasalari toğ tayyorgarligi yöriqçilari hamda tegişli vazirlik va idoralarining soha mutaxassislari iştirok etdi.


Anjuman avvalida, Surxondaryo viloyatida 2000 yilgi jangovar harakatlarda mardlarça halok bölgan öğlonlar yodga olinib, xotira majmuasiga gulçambar qöyildi.
Şundan söng, yetakçi mutaxassislar tomonidan Qurolli Kuçlarda toğ tayyorgarligi tizimini yanada takomillaştirişning istiqbolli yönalişlari, yetakçi xorijiy davlat armiyalarining harbiy alpinizmdagi tajribasi, harbiy xizmatçilarni tayyorlaşning zamonaviy uslublari haqidagi ma'ruzalar tinglandi.


Kuning ikkinçi yarmida harbiy qism va muassasalarda toğ tayyorgarligi nazariy va amaliy maşğulotlarini yangiça yondaşuv asosida taşkil etiş va ötkaziş böyiça uslubiy körgazmali maşğulotlar bölib ötdi. Anjuman qatnaşçilari maşğulotlar davomida toğ yönalişlari böylab 20 km masofaga marş uyuştirdi.


Katta Çimyon hududida toğ tösiqlarini oşib ötişni tezlaştiruvçi va yengillaştiruvçi vositalardan foydalaniş usullari, ekstremal şaroitlarda yaşovçanlikni oşiriş, jarohat olganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş va ularni toğli hududlarda xavfsiz joyga köçiriş, baland toğ hududlarida öqotar qurollardan foydalaniş kabi öquv joylarida körgazmali amaliy maşğulotlar taşkil etildi.













