O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar ma'lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma'lumot berdi (2019 yil 12 fevral holatiga 1 kg so‘mda).
Qayd etilishicha, mol go‘shtining eng qimmati Toshkent shahridagi «Mirobod dehqon bozori»da - 53 ming so‘m. Eng arzoni Nukus («Nukus dehqon bozori») va Toshkentda («Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori») - bir kilogrammi 28 ming so‘m.
Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (45 ming so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Farhod dehqon bozori»da (28 ming so‘m).
Kartoshkaning eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (3500 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (1200 so‘m).
Piyozning eng qimmati Andijon shahridagi «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Urganchdagi «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (2000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (500 so‘m).
Sabzining eng qimmati Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (3500 so‘m). Eng arzoni Namangan shahridagi «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Gulistondagi «Guliston dehqon bozori», Farg‘onadagi «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (1000 so‘m).
Tuxumning eng qimmati (10 dona) Toshkent shahridagi «Oloy dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da (7000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi «Qo‘yliq dehqon bozori»da (3000 so‘m).
Guruchning eng qimmati Andijon shahridagi «Yangibozor dehqon bozori», Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (16 000 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Eski jo‘va dehqon bozori», Nukus shahridagi «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahridagi «Eski shahar dehqon bozori», «Jizzax markaziy dehqon bozori», Guliston shahridagi «Guliston dehqon bozori», Toshkentdagi «Oloy dehqon bozori»da (5000 so‘m).
O‘simlik yog‘ining eng qimmati Jizzax shahridagi «Eski shahar dehqon bozori», «Jizzax markaziy dehqon bozori»da (13 000 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Qo‘yliq dehqon bozori»da (8300 so‘m).
Shakarning eng qimmati Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (6000 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi «Qo‘yliq dehqon bozori»da (4400 so‘m).
Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste'mol narxlari ma'lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.
Mavzuga oid
07:31 / 12.11.2024
Oktyabrda ayrim avtomobillar narxi biroz pasaydi
15:24 / 07.11.2024
Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
17:13 / 01.11.2024