O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarori qabul qilindi.

Prezidentning mazkur qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda:

·       O‘zbekistonda bir yilda kamida bir marotaba to‘qimachilik tadbirlarini jahon kalendariga kiritgan holda to‘qimachilik va moda industriyasi xalqaro ko‘rgazmalari o‘tkazilishi choralarini ko‘radi;

·       Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan ko‘rib chiqilayotgan kelishuvlarga milliy to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan bojxona to‘lovlarini kamaytirish va tartibga solishning notarif choralarini soddalashtirish masalalarini kiritadi.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portalini ishlab chiqadi va ishga tushirilishini ta'minlaydi:

·       tarmoqning tender savdolari (tanlovlar), ko‘rgazma va yarmarkalar, shu jumladan, xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalar ro‘yxatini e'lon qilish;

·       kichik tadbirkorlik sub'yektlarini to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini eksport qilishning to‘liq jarayoniga masofaviy o‘qitish;

·       butun dunyo mamlakatlari bo‘yicha to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish tahlili yuzasidan to‘liq hisobotlar bilan tanishish;

·       «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash navigator choralari»ni joylashtirish;

·       to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati ishlab chiqaruvchilar va xizmatlar, materiallar va xomashyo yetkazib beruvchilar joylashuvi ko‘rsatilgan O‘zbekistonning interaktiv xaritasini yaratish;

·       to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun O‘zbekistonning qiyosiy ustunliklarini e'lon qilish;

·       to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan onlayn-dasturiy mahsulotlarni xorijiy analoglar bilan integratsiya qilish;