Yaponiyalik rejissyor Kiyosi Kurosava 9-14 fevral kunlari Berlinda bölib ötadigan «Berlinale-2019» xalqaro kinofestivali doirasida Özbekistonda suratga olingan “Yer çekkasida” (Tabi No Owari Sekai No Hajimari) deb nomlangan filmini namoyiş etadi. Bu haqida Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Bundan avval Kun.uz’da Özbekiston böylab sayohat qilayotgan yapon ayoli haqidagi film olinayotgani töğrisida xabar berilgan edi.
Unga köra, filmdagi rollarni yapon va özbek aktyorlari ijro etişgan. Film tokiolik prodyuserlar Eyko Mizuno-Grey va Jyeyson Grey, Tosikadzu Nişigaya, şuningdek "Özbekkino" agentligi bilan hamkorlikda suratga olingan.
“Yer çekkasida” filmi Özbekiston-Yaponiya diplomatik aloqalarining 25 yilligi va Ikkinçi jahon uruşidan söng qisman yapon askarlari tomonidan qurilgan Toşkentdagi Alişer Navoiy teatrining 70 yilligiga bağişlanadi.
Kiyosi Kurosavaning özi bu haqida şunday degan: "Önlab yillar mobaynida temuriylar sulolasi meni öziga maftun qilib kelardi. Bugun Yerning ayni şu nuqtasida Özbekiston davlati joylaşgan. Endi men Buyuk Ipak yölining örtasida film suratga olyapman va uning mavzusi şaxsan özim uçun qiziqligidan juda xursandman".
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov ham uşbu voqeaga öz munosabatini bildirib ötgan: "Kiyosi Kurosavadek rejissyorning mamlakatimizga katta qiziqiş bildirişi va butun bir filmni şu yerda suratga olişi meni juda quvontiradi, albatta. Uşbu film mamlakatlarimiz örtasidagi döstlikni yanada mustahkamlaydi va odamlar uçun ham zamonaviy Özbekistonni, ham uning boy tarixini oçib beradi, deb umid qilaman".
Ma'lumot uçun: Kiyosi Kurosava — mustaqil kinorejissyor, ssenariynavis, aktyor, yozuvçi, kinotanqidçi. U triller, detektiv, drama va horror janrlarida faoliyat yuritadi. Kurosava 50 ga yaqin film muallifidir. Kiyosi Kurosava - Kann festivali va Osiyo kinoakademiyasining qator mukofotlari egasi.

















