«Kenjayev oldinlari ham klubga kelib, tinchgina ketar edi. Lekin, o‘sha safar...». Tungi klubning sobiq xodimi tinglandi
2019 yil 21 yanvar kuni boshlangan Jamshid Kenjayev ishi bilan bog‘liq sud jarayoni davom etmoqda. Bugun, 14 fevral kuni bu sud jarayonida voqea guvohi sifatida tungi klub xodimining so‘zlari tinglandi.
Guvoh sifatida chaqirilgan Said Fazilov o‘z ko‘rsatmalarida quyidagilarni ma'lum qildi.
«Men o‘zim bu klubda ishlayotganimga 4 yilcha bo‘lib qoldi. Vazifam mehmonlarni kutib olib, joylariga joylashtirib, tartibni nazorat qilish edi. O‘sha kuni tashqarida mehmonlarni kutib olgani chiqqan edim. Kenjayev o‘rtoqlari bilan keldi. Shodali uni chetga tortib, pichoq bilan kirish mumkinmasligini tushuntirdi. «Pichog‘ingni tashla, xohlasang oldingda o‘zim olib yuraman» dedi. Lekin Jamshid uning gapiga quloq solmadi. «Oldin ham kirganman, hozir ham kiraman», dedi. Keyin Sherali akaning oldiga keldi. Sherali aka ham undan pichog‘ini tashlab chiqishni so‘radi. Rahmatli shu payt bir tarsaki tushirdi. Shu orada to‘polon boshlanib ketdi, men kirib xavfsizlik tugmasini bosdim. Chiqsam, yer qonga bo‘yalgan holda edi. Shodali pichoqni sopi bilan boshiga urib turgan edi. Shu orada salfetka olib chiqdim. Shodali qo‘limga pichoqni tutqazib qo‘ydi. Pichoqni kassaga otib yubordim. Uzoqdan Rasul aka (Mirzayev Abdurasul deb taxmin qilindi – tahr.) qonga belangan holda ekan. Rasul akani mashinaga o‘tqazib, 1-Jukovskiy shifoxonasiga olib bordim. Qaytib kelsam Kenjayev haliyam yerda yotardi. Hammasi tez sodir bo‘lib o‘tdi. Nima bo‘lganini yaxshi tushunmay ham qoldim.
Kenjayev oldin ham kelib turar edi. Jimgina kelib, hisobni to‘lab chiqib ketardi. O‘sha kuni nozikroq vaziyat bo‘lib qoldi. Shodali bilan ularning avvaldan salom-aligi bor edi. O‘sha kuni boshqacha kayfiyatda keldi. Kelganda ham vahima bilan keldi. Shodali iltimos qildi. «O‘rtoq, pichog‘ingni olib qo‘y» dedi. Kenjayev rozi bo‘lmadi», deya guvohlik berdi tungi klub sobiq xodimi.
Guvoh o‘z so‘zini yakunlagandan so‘ng, sud hay'ati, davlat ayblovchisi, ayblanuvchilar advokatlari va jabrlanuvchi (marhum Jamshid Kenjayevning bevasi) o‘zlarining savol va e'tirozlarini berib o‘tishdi.
Sud tomonidan ishni ko‘rib chiqish 18 fevral, dushanba kuni soat 14:00ga qadar qoldirildi.
Mavzuga oid
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024