2018 yilda «Lokomotiv», «Paxtakor», OKMK, «Metallurg», «Buxoro» va «Qöqon-1912» klublari natija ketidan quvib, yulduz futbolçilar uçun katta çiqimlar qildi. Biroq mana şu davr içida ular öz futbol akademiyasini taşkil qilib ulgurmadi, deb xabar beradi ÖFA sayti.

ÖFA 2017 yil oxiridan boşlab Superliga futbol klublarini akademiya masalasida ogohlantirib keldi. Davlat korxonalari tomonidan moliyalaştirib kelingan klublar aslida 2007 yildan boşlab öz akademiyalariga bosqiçma-bosqiç ega bölib borişi belgilab qöyilgan. Ammo oradan 12 yil vaqt ötsa-da, bir qança klublar hukumatning bu talabini bajarmagan. Hozirgaça faqat «Nasaf» va «Bunyodkor» futbol akademiyalari qoniqarli faoliyat olib bordi. «Maş'al» va «Şörtan» futbol akademiyalari esa yildan yilga izdan çiqib borgan.

2018 yilga kelib, mamlakat rahbari Şavkat Mirziyoyev qarori bilan 14ta futbol akademiyasi ÖFA qoşida taşkil etildi. 

ÖFA öz qaramoğida bölgan futbol akademiyalarini bosqiçma-bosqiç futbol klublariga beradi. Ayni vaqtda hukumat 14ta futbol akademiyaning har biriga 2,5 milliard yillik smeta ajratayotgan bölsa, öz futbol akademiyasiga ega bölmagan klublar 2019 yilda şuning teng yarmi — 1,25 milliard söm bilan futbol akademiyalariga şerikçilik qilişi közda tutilgan. Şunda futbol akademiyasi yillik 3,75 milliard sömga ega böladi. Bu mablağlar moddiy-texnik bazani mustahkamlaş, malakali kadrlarni jalb qiliş, futbol akademiyasi tarbiyalanuvçilarining talab qilingan darajada ovqatlanişi, tibbiy muolajalari va boşqa maqsadlarga yönaltiriladi. 2020 yilga kelib futbol klublari davlat korxonalaridan olayotgan mablağlaridan endi 2,5 milliard, ya'ni, davlat ajratayotgan uluş bilan teng miqdorda futbol akademiyasi uçun jalb qilişlari kerak böladi. 2021 yilga kelib futbol klublari 3,75 milliard sömni bevosita futbol akademiyasi yönaltiradi va 2022 yilga kelib bu miqdor 5 milliard sömga yetkaziladi.

2019 yilga kelib yuqorida nomi körsatilgan Superliganing olti klubi yana eski bahonalar bilan çeklanyapti. Ammo endi qaror qat'iy. ÖFA ularning kelajakdagi rejalarini hurmat qiladi, biroq klublarni musobaqaga qöyayotganda ularning akademiya böyiça talablarini jiddiy nazorat qiladi. Yillik 30 milliard smetaga ega klublarning futbol akademiyasi uçun 1,25 milliard söm ajrata olmasligini tuşuniş qiyin. Aslida klublar faqatgina şu summani birgina futbolçini qölga kiritiş, uni ikki şartnomaga qöl qöydiriş uçun bölgan kuraşlarga ham sarflab yuboradi.

Ayni vaqtda 6ta klub bu talablarni bajarmagan. Voqealar rivoji şu tarzda davom etsa, ular Superliga uçun bölgan 600 millionlik badal puli yoniga 1,25 milliard sömni tölabgina çempionatga qöşiladi. PFL ularning ayrimlari uçun va'da qilingan mukofot pullarini şuning hisobidan qoplab beradi. Ortganini esa bolalar va ösmirlar futbol akademiyalariga ötkazib beradi. Yöqsa, yuqorida nomlari qayd etilgan futbol klublari Superligadan çetlaştiriladi. Ular qanday natijalar qayd etgan bölmasin, endi özbek futboli öz-özini aldamaydi. Davlat korxonalari ajratayotgan pullarning maqsadli sarflanişi yo nazorat qilinişi yoki biz öz-özimizni aldaşda davom etişimiz kerak.