Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Eronga qarshilik qilmasdan turib Yaqin Sharqda tinchlikka erishib bo‘lmasligini aytdi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eronga qarshilik qilmasdan turib Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatib bo‘lmasligini aytdi.
U Varshavada bo‘lib o‘tayotgan Yaqin Sharq bo‘yicha konferensiyada ana shunday bayonot berdi.
"Eronga qarshilik qilmasdan turib Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishib bo‘lmaydi. Buning shunchaki iloji yo‘q", - dedi Pompeo va Eronning Livan, Yaman, Suriya va Iroqdagi "yovuz ta'siri"ni eslatdi.
"Isroil bosh vaziri va yetakchi arab davlatlarining tashqi ishlar vazirlari yonma-yon bo‘lishdi va g‘ayrioddiy kuch, aniqlik va birgalikda Eron rejimining umumiy tahdidiga qarshi fikr bildirishdi", -dedi u.
Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Varshavada tashkil etilgan mazkur konferensiyani "o‘lik tug‘ilgan" deb atadi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026