Afğonistondan sobiq ittifoq qöşinlarining olib çiqilişining 30 yilligi arafasida Rossiyaning Qozoğistondagi elçisi Aleksey Borodavkin afğon uruşi faxriysi Fail Şoislomovga “Jangovar xizmatlari uçun” medalini topşirdi.

Rossiya mudofaa vazirligi kömagi va Qozoğiston Respublikasi Afğoniston va lokal uruşlar faxriylari ittifoqi vakillari sa'y-harakatlari bilan arxiv hujjatlarni kötarib, Şoislomovning sobiq ittifoq oliy kengaşi prezidiumining 1989 yil 7 martdagi farmoni bilan taqdirlanganini tasdiqlaşga erişildi.

Faxriyning özi uçun medalning topşirilişi kutilmagan holat bölgan. Şoislomov 1986 yilda armiya safiga kirib, xizmatning ilk 5 oyini Turkmanistonda ötagan. Söngra 1987 yil aprelida Afğonistonning Şindand şahriga jönatilgan. Faxriy u yerda aerodromda raketalarni tayyorlaş guruhi mexanigi sifatida xizmat qilgan. Şoislomov janglarda iştirok etmagan.

Qozoğiston Respublikasi Afğoniston va lokal uruşlar faxriylari ittifoqi raisi Serik Osanovning ta'kidlaşiça, qidiruv işlari natijasida respublikada 125 ta medal va orden öz egalarini topgan.

15 fevralda sobiq ittifoq qöşinlarining Afğonistondan olib çiqilganiga 30 yil töladi. 1989 yil 15 fevral soat 10.30da 40-armiya qömondoni general-leytenant Boris Gromov Amudaryo ustidan ötuvçi “Hayraton” köprigini oxirgi bölib kesib ötgan.

Afğonistonda 620 mingga yaqin harbiy xizmat ötagan. Ulardan 14453 nafari afğon uruşida halok bölgan.