Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgan keksa erkak antiqa yo‘l bilan jazolandi
Istanbul sudi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni haqorat qilishda ayblangan 75 yoshli Ali Shaxinga 24 ta kitob, jumladan Erdo‘g‘an biografiyasini mutolaa qilish hukmini chiqardi. Bu haqda Cumhuriyet nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, erkak Istanbuldagi qahvaxonalardan birida bo‘lganda Erdo‘g‘an sha'niga haqoratomuz gaplar aytganlikda ayblangan. U o‘ziga bildirilgan ayblovni rad etgan va unga tuhmat qilinayotganini aytgan.
Sud Shaxinni ozodlikda qoldirishga, biroq uning zimmasiga 24 ta kitob, jumladan Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk nutqlari to‘plami, Erdo‘g‘an biografiyasi, Turkiyada 2016 yilda davlat to‘ntaruviga urinish haqidagi kitob hamda tarixiy va diniy adabiyotni o‘qish majburiyati yuklangan.
Ta'kidlanishicha, erkakning advokati sud qarori ustidan arz qilgan, biroq ayblanuvchi kitoblarni mutolaa qilishni boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026