Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuksalish» harakati raisi maqomiga ko‘ra vazirga tenglashtirildi
Akmal Burhonov/Foto: KUN.UZ
“Yuksalish” umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi telegram kanalining yozishicha, qarorga muvofiq davlat boshqaruv organlari, hokimliklar o‘z faoliyatini “Yuksalish” harakatining mustaqilligi va uning faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga qat'iy rioya qilgan holda hamkorlikda amalga oshiradi.
“Yuksalish” harakati raisi (Akmal Burhonov - tah.) maqomi, tibbiy va transport ta'minoti shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi.
“Yuksalish” harakatining hududiy bo‘linmalarini zarur texnika bilan ta'minlash mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi umummilliy harakat tashkil etilgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, tashkilot rahbari Akmal Burxonov Kun.uz'ga bergan intervyusida «Yuksalish» umummilliy harakati maqsad va vazifalari, kelajakdagi rejalari haqida aytib bergandi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Mavzuga oid
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025