O‘z uyini tark etgisi kelmay, boshqa yerga ko‘chishdan bo‘yin tovlagan kishilarga oid xabarlar ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan, bu ayniqsa xitoyliklar orasida ko‘p uchraydi. «Up» (“Yuqoriga”) yoki «The Castle» (“Saroy”) filmlarini tomosha qilgan har qanday kishi bu holatni tasavvur qilishi qiyin emas, deyiladi boredpanda.com saytida. Quyida mavzuga oid suratlar bilan bo‘lishamiz.
#1 Edit Meysfildga 1 million dollardan ortiq pul taklif qilingan bo‘lsa ham, u o‘z uyini sotishdan bosh tortgan. Keyinchalik «Up» filmining yaratilishiga aynan uning shijoati ilhom baxsh etgan

#2 Qo‘shni uylar buzilgan bo‘lishiga qaramay, Meri Kuk o‘zining tor bo‘lsa-da, shinam uyini sotishga rozi bo‘lmadi. Bugungi kunda uy gigant “qo‘shnilari” o‘rtasida qolgan bo‘lib, bolalar kitobi illyustratsiyasiga o‘xshaydi

#3 Vera Koks uyini dastlab uning atrofida kazino qurmoqchi bo‘lgan Bob Guchchionega, keyin esa Donald Trampga sotishdan bo‘yin tovlagan

#4 Uy egasi Melburn (Avstraliya)dagi ushbu uyini sotishdan bosh tortgan

#5 Torontodagi bir kishi uyini sotishni istamagani sabab uy maydonini o‘rtasidan ajratishga to‘g‘ri kelgan

#6 Bu – atrofi katta turar-joylar bilan o‘ralgan gotik taunxaus



































