O‘zbekiston | 18:32 / 15.02.2019
10992
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari tartibga keltiriladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Hozirgi kunda Chilonzor tumanida joylashgan ko‘plab vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari, savdo-sotiq obektlari tartibga keltirilmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, barcha tadbirkorlar ish boshlab, buning uchun joy tanlayotganda va hujjatlar tayyorlayotganda shaharsozlikka oid talablar bilan tanishtiriladi.

Bildirilishicha, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 12 fevraldagi  “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat'iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 41-sonli va Toshkent shahar hokimining 2009 yil 4 martdagi “Toshkent shahar hududida aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat'iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 115-sonli qarorlari asos bo‘lib xizmat qiladi.

“Fotolavhalarni kuzatib, aholi turar joylariga tutash holda barpo etilgan qurilmalar oraliq masofasi nuqtai nazardan ham, tashqi ko‘rinishi va jihozlanishi bo‘yicha ham qurilish normalariga zid bunyod etilganini anglash qiyin emas. Shahar barchamizniki, uni ko‘rkamlashtirish ham go‘zalligini saqlash ham o‘z qo‘limizda”, - deyiladi hokimlik xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid