Navoiy viloyatida Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi taşabbusi bilan an'anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Navoiy vorislari” körik-tanlovining respublika bosqiçi bölib ötdi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar beradi.
Körik-tanlov Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida taşkil etildi.

Tanlovning mamlakat bosqiçida viloyat bosqiçlarida ğolib bölgan umumiy örta ta'lim maktablari öquvçilari iştirok etdi.
Iştirokçilar eng köp ğazal yod oliş, ğazalni bexato va ifodali öqiş, ğazal matnining nasriy bayonini yarata oliş, undagi sözlar mazmun-mohiyatini izohlab beriş kabi şartlar böyiça özaro bahs olib borişdi.
Tanlovda birinçi örinni Toşkent viloyati vakili Şukrullo Zikriyayev qölga kiritdi. Ikkinçi öringa Navoiy viloyati vakili Lobar Davronova, uçinçi öringa esa sirdaryolik Xurşida Akbarqulova sazovor böldi.

Ğolib va iştirokçilarga Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi va Navoiy viloyati hokimligining diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi.

Bu yil uşbu tanlovning dastlabki bosqiçlarida 14 ming nafarga yaqin öquvçilar iştirok etib, iqtidorli yoşlar kaşf etildi.












