Janubiy Kaliforniya universiteti olimlari okean tubida“biomuhit bombasi”ni aniqlaşdi. Kelgusida u sayyoramizda muqarrar falokatli özgarişlarga olib keladi. Bu haqda Phys.org portali xabar berdi. 

Yerning biomuhitida falokatli özgarişlar boşlanişi uçun dunyo okeanidagi suv harorati 2 darajaga özgarişi yetarli böladi. Olimlar okeanlar tubida sirtga kötarilib, sayyoramiz atmosferasining keskin qizişiga olib keladigan gazlar töplanayotganini aniqlaşdi. 

Gaz geotermal çaşmalardan çiqib, okean tubida yiğilmoqda. Hozirça bu gaz rezervuarlari barqaror, biroq suv haroratining qizişi ularning beqarorlaşuviga olib keladi. Okean atmosferadagi ortiqça issiqni yutmoqda, issiqxona gazlarining atrof-muhitga çiqişi köpaymoqda. 2100 yilga kelib okean taxminan 3 darajaga isiydi.

Olimlarning fikriça, gazlarning sirtga otilişi muqarrar. Bu qaçon yuz berişini oldindan aytiş qiyin. Biroq olimlarning ta'kidlaşiça, bunday holat sayyoramizda kamida 2 marta yuz bergan. Birinçi marta 55 mln yil oldin bunday gaz otilişi Yerning 8 darajaga qizib ketişiga olib kelgan. 17 ming yil avval esa bu jarayon atmosferani qizitib, muz davrining yakunlanişiga sabab bölgan.