Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xalqaro xokkey federatsiyasiga a'zo bo‘lish uchun ariza beradi
O‘zbekiston bu yil Xalqaro xokkey federatsiyasiga (IIHF) a'zo bo‘lish uchun ariza beradi. Bu haqda O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Bahodir G‘afurov Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
«Bu yil IIHF’ga a'zo bo‘lishni rejalashtirganmiz. Buning uchun federatsiya talablariga javob beruvchi dastlabki arena (Ice City – tahr.) foydalanishga topshirildi», – dedi G‘afurov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, da'vogar mamlakatda kamida ikkita ana shunday arena bo‘lishi lozim. Ariza topshirilguniga qadar «Humo Arena» muzli majmuasi ochiladi.
«Yana bir talab esa ichki chempionatda kamida 60 nafar mahalliy xokkeychi o‘ynaydigan to‘rtta jamoa bo‘lishidir. Biz bu talabga ham javob beramiz», – deb qo‘shib qo‘ydi G‘afurov.
IIHF qoidalariga ko‘ra, tashkilotga a'zo bo‘lish uchun ariza 1 aprelga qadar topshiriladi, qaror esa jahon chempionati vaqtida bo‘lib o‘tadigan yillik kongressda qabul qilinadi. Bu yilgi jahon chempionati may oyida Slovakiyada o‘tkaziladi.
O‘zbekiston xokkey federatsiyasi 2018 yil martda rasman ochilgan. Shu yilning fevralida Toshkentda birinchi mamlakat chempionati boshlandi. Musobaqada «Binokor», «Toshkent», «Humo» va «Semurg‘» jamoalari qatnashmoqda.
Mavzuga oid
18:35 / 20.04.2026
O‘zbekiston milliy xokkey jamoasi jahon chempionatining III divizionida g‘olib chiqdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:01 / 07.04.2025
Rossiyalik xokkeychi afsonaviy Ueyn Gretskining rekordini yangiladi
17:12 / 05.04.2025