Toşkent davlat stomatologiya instituti talabalari Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti tomonidan ötkaziladigan ButunRossiya stomatolog talabalar olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnaşdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Institutning 5-kurs talabasi Sardor Xaytmetov olimpiadaning mutlaq ğolibi bölgan bölsa, Farruh Mingboyev va Boburjon Hamidov ikkinçi öringa sazovor bölişdi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati

Joriy yilda taşkil etilgan olimpiadada MDH davlatlarining 45 dan ortiq oliy öquv yurtlari talabalari iştirok etdi. 

2017 yilda ötkazilgan olimpiadada ham 50 ga yaqin oliy öquv yurtlari orasida Toşkent davlat stomatologiya instituti talabalari çempion bölişgan edi. 

Şu tariqa Toşkent davlat stomatologiya instituti ötgan uç yil içida stomatologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlaşda ikkinçi bor xalqaro darajada tan olindi.