Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uilyam Barr AQSh adliya vaziri va bosh prokurori etib tayinlandi
AQSh oliy sudi raisi Jon Robers 14 fevralda Uilyam Barrdan adliya vaziri va bosh prokuror sifatida qasamyod qabul qildi.
Kasamyod keltirish marosimi Oq uyning Oval xonasida prezident Donald Tramp, Barrning qarindoshlari hamda ma'muriyatning bir qator a'zolari ishtirokida o‘tgan.
Avvalroq senat ko‘pchilik ovoz bilan Barr nomzodini tasdiqlagandi. Tramp Barrning bosh prokuror lavozimiga ilgari surishini dekabr boshida e'lon qilgandi. Tramp o‘shanda aytganidek, Katta Jorj Bush vaqtidayoq (1991-1993 yillar) adliya vazirligiga boshchilik qilgan 68 yoshli Barr “ham respublikachilar, ham demokratlar orasida hurmatga egadir”.
2018 yil noyabrda Tramp bosh prokuror Jyeff Seshnsni iste'foga chiqargandi. Bunga esa Trampning aynan Seshns Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga aralashuvini tergov qilish qarorini qabul qilganidan noroziligi sabab bo‘lgan. Seshns iste'fosidan keyin bosh prokuror vazifasini Metyu Uiteker bajargan.
Mavzuga oid
12:48
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026