Hindistonning Air India milliy aviakompaniyasi 29 yillik tanaffusdan keyin Iroq bilan parvozlarni tikladi. Aviakompaniya Najaf şahriga şia ziyoratçilarini yetkazdi, deb xabar berdi al-Sumariya telekanali. 

“Aviaaloqa Najaf-Nyu-Dehli-Najaf yönalişi böyiça haftasiga 2 marta – duşanba va payşanba kunlari amalga oşiriladi”, deyilgan xabarda.

Hindiston aviakompaniyalari Bağdodga qarşi xalqaro sanksiyalar kiritilgani sababli 1990 yilda Iroqqa parvozlardan voz keçgan va uzoq vaqt davomida xavfsizlik nuqtai nazaridan ularni tiklamagan. Deyarli 30 yillik tanaffusdan keyingi ilk samolyot 14 fevralda Najafga – şia musulmonlarining boş ziyoratgohlaridan biriga qöngan. Hindistonning Iroqdagi elçisi Pradipa Singxa Rajpuroxita uşbu voqeada bevosita iştirok etgan.