Prezident davlat xizmatlari bo‘yicha yangi qarorni imzoladi. 1 apreldan qator talablar bekor qilinadi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 iyundan:
davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar istalgan joydagi Davlat xizmatlari markazlaridan (propiska va pochta manzilidan qat'iy nazar) murojaat qilishga haqli;
davlat xizmatlarini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar Markazlar orqali yoki bevosita xizmat ko‘rsatuvchi organlarga murojaat etganda to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.
2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma'lumotnomalar, soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnomalar, to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma'lumotnomalar talab qilinishi taqiqlanadi.
2019 yil 1 apreldan quyidagi hujjatlarni olish bo‘yicha talablar bekor qilinadi:
Eksport kontrakt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
Mol so‘yishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;
Yer qa'ri uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligini haqida xulosa;
Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklama qilishga ruxsatnoma:
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qiladigan tadbirkorlik sub'yektlarining savdo obektlari joylashuvi;
Yerlarning barcha toifalarida geologik-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa turdagi qidiruv ishlarini olib borishga ruxsatnoma.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

12:24 / 24.03.2025
Gaz, svet va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish tartibi bekor qilindi

13:51 / 28.02.2025