Xitoy hukumati Everestning Tibetdagi tayanç lagerini töplanib qolgan çiqindilarni tozalaş uçun noma'lum muddatga sayyohlar uçun yopişga qaror qildi. Bu haqda South China Morning Post naşri xabar berdi. 

Oddiy sayyohlarga 5 ming metr balandlikdagi Rongbuk monastiri atrofidagi hududlarga taşrif buyurişga ruxsat beriladi.

5 ming metrdan yuqoriroqda joylaşgan tayanç lageriga çöqqiga kötarilişga ruxsat olganlar taşrif buyura oladi. Joriy yilda 300 ga yaqin alpinistga kötarilişga ruxsat berilgan. Oddiy sayyohlarga esa kötariliş taqiqlanadi.

Çöqqiga kötarilişga rusxat oladigan alpinistlar qat'iy ekologik qoidalarga amal qilişlari, jumladan ular öz ortlaridan çiqindilarni olib ketişlari kerak böladi. 

Şuningdek, töplanib qolgan çiqindilarni tozalaş uçun 200 kişidan iborat guruh taşkil etiladi.