Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Testlar o‘tkaziladigan binolar barmoq izlarini tekshiruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi
O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar barmoq izlarini tekshiruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan “Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat loyihasida aytilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi test sinovlari jarayonini yoritish maqsadida:
shaxsni identifikatsiyalash vositalari;
videofiksatsiya qurilmalari;
mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel);
barmoq izlarini tekshiruvchi;
metallodetektorlar;
monitorlar bilan har yili test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni jihozlaydi.
2020 yildan boshlab Davlat test markazini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel), barmoq izlarini tekshiruvchi, videokuzatuv kameralari hamda audioyozuv qurilmalari xarid qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTMga test sinovlari bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi kutilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
07:50 / 13.08.2025
O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilandi
09:41 / 24.07.2025