Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Bosh prokuratura xizmat mashinasi haydovchisi piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi
Toshkentda Bosh prokuratura boshqarmalaridan biriga qarashli xizmat mashinasi haydovchisi piyodani urib yuborishi oqibatida uning o‘limiga sabab bo‘ldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 24 yanvarda Lacetti avtomobili haydovchisi Yashnobod tumanidagi Shahrisabz va Taraqqiyot ko‘chalari kesishmasidagi piyodalar o‘tish joyida mashinani to‘xtatmay, erkak piyodani urib yuborgan.
Piyoda Vestminster universitetining xodimi (1960 yilda tug‘ilgan) bo‘lgan. 29 yanvarda erkak olingan jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan.
Voqea yuz bergan kuni, 24 yanvarda voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarining odam o‘limiga olib kelgan buzilishi) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuraturada ma'lum qilinishicha, tergov yakunlangan va jinoiy ish sudga yuborilish bosqichida turibdi.
Mavzuga oid
12:50 / 18.07.2026
Ohangaron poligonidagi yong‘in uchun “Maxsustrans”ga qariyb 684 mln so‘mlik kompensatsiya hisoblandi
17:14 / 17.07.2026
Chilonzor tumanini elektr uzilishlari qamrab oldi
11:40 / 17.07.2026
Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi
05:32 / 17.07.2026