Özbek xalqi azaldan yiqilganni suyab, yordamga muhtojlarga qöl berişga örgangan. 15 fevral – “Xalqaro saratonga çalingan bolalar kuni”ni keng nişonlaş maqsadida Respublika onkologiya ilmiy tekşiriş markazida hayot sinovlariga, uning aççiq zarbalariga doş berayotgan bolalarni xursand qiliş uçun bir guruh yoşlar, estrada yulduzlari, kino va teatr aktyorlari hamda maşhur futbolçilar jam böldi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi hamda "Möjizalar davri" köngilli yoşlar jamoasi tomonidan ötkazilgan tadbirda bolajonlar yulduzli mehmonlar, raqslar şousi, qiziqarli öyinlar, sirk tomoşalaridan bahramand bölişdi.


– Hayotning şirinligi, umrning mazmundorligi, albatta, bolalar bilan. Bugungi tomoşalarni körib, ularning közlari kuldi, atrofida girdikapalak bölib yurgan masxaraboz qiyofasidagi opalari, akalari bilan öyinlar öynaşdi. Quralay közlarning bir kunini bölsa-da, quvonçga töldirganlar orasida men ham borligimdan xursandman, – deydi taniqli aktyor Javohir Zokirov.

Şu kuni bolalarga turli taşkilotlar tomonidan sovğalar topşirildi.
Ayniqsa, "Möjizalar davri" köngilli yoşlar jamoasi a'zolarining hayvonlar, gullar, multfilm qahramonlari surati aks ettirilgan rang-barang rasmlarga ezgu tilaklar, eng yaxşi niyatlar yozib ulaşgani bolalarning rangin dunyosini boyitişga xizmat qildi.

– Mening ismim Bilolbek. Yoşim töqqizda. Bolalar bilan öynamaganimga ança bölgandi. Bugun biz masxarabozlar bilan maza qilib öynadik. Raqslarga tuşdik. Men katta bölsam, içki işlar xodimi bölaman. Vatanimga xizmat qilaman, Onam faxrlanadigan yigit bölaman, – deydi Bilolbek.













